Авторизация
Авторизация или Регистрация
Сменить тему
СОВЕТУЕМ
Мини Чат
Кто онлайн

Hyundai fikr kuchi bilan boshqariladigan xetchbek yaratdi

Hyundai fikr kuchi bilan boshqariladigan xetchbek yaratdi
 

Hyundai kompaniyasi fikr kuchi bilan boshqarish mumkin bo'lgan i20 xetchbegini yaratdi. Tajriba Driven By Optimism kampaniyasining bir qismi hisoblanib, unda kompaniya yangi texnologiyalar va inson aqli bilan "oddiylikdan qochishni" istamoqda.   

Tajribada miyaning elektroentsefalogrammasini o'qib, uni oddiy buyruqlarga aylantira oladigan maxsus garnituradan foydalanilgan. So'ngra buyruqlar aktuatorlarni boshqaradigan kompyuterga yuborilgan. Ijobiy fikrlar akseleratorni, chalg'igan, neytral fikrlar tormozni faollashtirgan. Rulni orqa o'rindiqda o'tirgan muhandis boshqargan.

Avtomobil sinovlarida joriy dekabrda Atlantika okeani bo'ylab o'tadigan eshkak poygasi Talisker Whisky Atlantic Challenge’da qatnashadigan Atlantic Endeavour jamoasi a'zolari hamda ko'rish qobiliyatini yo'qotgan va 15 yildan beri avtomobil haydamagan Mark Elkok va personal o'sish bo'yicha instruktor Anna Rey ishtirok etdilar. 

Avvalroq avtomobilni fikr kuchi bilan boshqarish bo'yicha tajribalarni AQShning Touch Titans kompaniyasi amalga oshirgan, 2011 yilda esa Nissan kompaniyasi bunday tizimni Lozanna oliy federal politexnika maktabi bilan birgalikda ishlab chiqqanini e'lon qilgan.

Manba: Kun











Теги:
     Просмотров 5 106  |  Комментариев 0
Похожие новости
Комментарии
Имя:*
E-Mail:
        
Введите код: *
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив