Авторизация
Авторизация или Регистрация
Сменить тему
СОВЕТУЕМ
Мини Чат
Кто онлайн

iLuun Air: smartfonlar uchun dunyodagi birinchi simsiz fleshka

«Kelajak fleshkasi» Wi-Fi orqali ulanadi, video translyatsiya qiladi va 256 GB ma'lumot saqlaydi.
Baquvvat zamonaviy smartfon — raqamli texnologiyalarning har bir muxlisi uchun eng orzuli gadjetdir. Axir bunday holatlar juda ko‘p uchraydi: odamlar kamroq yeyishadi, o‘zlarini ko‘ngilochar narsalardan tiyishadi vanihoyat so‘nggi rusumdagi flagman qurilmani xarid qilishadi. Qizig‘i ular smartfon sotib olayotganda ham pullarini tejab, xotirasi kamroq bo‘lgan smartfonni tanlashadi. Keyin esa og‘ir ilovalar, video va fotosuratlariga joy yetmay xunob bo‘lishadi.
Albatta, bunday muammodan qutilishning davosi ancha avval topilgan bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar smartfonga ulanadigan va telefon xotirasini oshiradigan flesh-xotiralarni bir necha turini taklif etadilar. Ammo bu turdagi «fleshka» ham qo‘llanishda unchalik qulay emas. Uni har doim dastlab ulash, keyin esa uzish lozim, u faqatgina bitta qurilma bilan ishlay oladi, smartfonga ulanganda esa juda xunuk ko‘rinadi. 
"Kelajak fleshkasi" qanday ishlaydi?
«iLuun» startapining ishlab chiqaruvchilari mavjud qutilmalarning barcha kamchiliklarini e'tiborga olgan holda «kelajak fleshkasi» ni taqdim etdilar. iLuun Air — smartfonlar va planshetlar egalariga mo‘ljallangan birinchi simsiz «fleshka» dir. Qurilma korpusiga Wi-Fi moduli va kichik akkumulyator o‘rnatilgan, shu sababli uni gadjetlarga jismonan ulash shart emas. Yoqish tugmasini bosishingiz bilan xotira foydalanish uchun tayyor bo‘ladi.
Fayllarni uzatadi, bekaplarni saqlaydi va video translyatsiya qiladi

Qurilmalarga ulanish uchun «iLuun Air» iOS va Android platformalarda mavjud maxsus mobil ilovadan foydalanadi. Bunda xotiradan qurilmalar o‘rtasida fayl uzatishda ham foydalansa bo‘ladi. Ushbu rejimda xotiraga sakkizta qurilma parallel ravishda ulanishi mumkin. «Fleshka» musiqa va videoni bir vaqtning o‘zida uchta qurilmaga translyatsiya qila oladi, shuningdek ma'lumotlarni va tizimlarning rezerv nusxalarini saqlash imkoniyatiga ham ega.
Barchasi ishonchli shifrlangan
Barcha uzatiladigan ma'lumotlar «iLuun Air» dan foydalanilganda ishonchli shifrlanadi. Shu sababli ularning o‘g‘irlanishi yoki ruxsatsiz ko‘rilishidan xavotir olishga xojat yo‘q.
Shunchaki xotira emas
«Kelajak fleshkasi» to‘rtta variantda — 32, 64, 128 va 256 GB xotira bilan chiqariladi. Katta hajmdagi ma'lumotlarni tez uzatish, PK ga ulash va quvvatlash uchun fleshkaga USB 3.0 port o‘rnatilgan. Masalan, bunday xotira yordamida kompyuterdan iPhone ga katta faylni iTunes yordamisiz o‘tkazish mumkin. Kerak bo‘lganda esa qurilmadan oddiy fleshka sifatida ham foydalanish mumkin.










Теги:
     Просмотров 11 165  |  Комментариев 4
Похожие новости
Комментарии
Имя:*
E-Mail:
        
Введите код: *
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
ZacharyGobia  |  13 марта 2017 20:52  |  Статус: Пользователь offline
Регистрация: 13.03.2017
Где скачать лучшие активаторы для операционны&#
1093; систем? http://aktivator7.ucoz.net/
BrianAtown  |  27 марта 2017 04:11  |  Статус: Пользователь offline
Регистрация: 27.03.2017
Check with hydrometer, should read 1200. ----- paypal dumps
Lorenzobut  |  3 апреля 2017 04:36  |  Статус: Пользователь offline
Регистрация: 2.04.2017
оклеить автомобиль пленкой и другие услуги ----- обтяжка пленкой авто
JoshuaEROKE  |  19 апреля 2017 07:16  |  Статус: Пользователь offline
Регистрация: 18.04.2017